35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati U. Shukurov tomonidan tumandagi umumta’lim muassasalarini 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari holatini o‘rganish maqsadida Pastdarg‘om tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimlarining texnik holati, ta’mirlash ishlari, qo‘shimcha isitish pechlariga bo‘lgan ehtiyoj, ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlanganlik hamda ularni saqlash holati yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Shuningdek, maktab binolarining tom qismi, eshik va derazalarini ta’mirlash ishlari, elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelganda qo‘llaniladigan zaxira choralar, o‘quvchilar va pedagog xodimlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilgan tadbirlar haqida ham axborot berish talab etilgan.