35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi D. Shamsiddinova tomonidan 16-Oybek saylov okrugi hududida joylashgan "Talqoq" mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Tashrif davomida mahalla ko‘chaboshisi N. Xamroyev bilan uchrashilib, hududda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, mahalla hududida joylashgan "Janubiy Izolyatsiya Plyus" xususiy korxonasiga tegishli 5 qavatli turar joy binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Qurilish maydonida bino proрабi bilan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar olindi.

Suhbat davomida binoning ichki xonalarida suvoqlash ishlari olib borilayotgani, qurilish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni o‘z vaqtida tartibga keltirish va hudud sanitariya holatini saqlash zarurligi alohida ta'kidlandi.

Mas'ullar tomonidan ma'lum qilinishicha, mazkur obyektda qurilish ishlari joriy yil yakuniga qadar davom ettiriladi hamda bino yil oxirida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4