35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich o‘zi saylangan “Qushchilik” MFY  19-Qushchilik saylov okrugida saylovchilar oldida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Deputatlarning axboroti saylovchilarga Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan o‘qib eshittirildi.

🏗 Axborot davomida hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ham ma’lumot berildi.
Jumladan:
🔹 ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish va ta’mirlash ishlari;
🔹 bolalar maydonchalari hamda sport inshootlarini barpo etish;
🔹 hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🤝 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan hududni yanada rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati, gaz ta’minoti, obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan Taxiatosh tumani hokimligi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i K.Bektayev, Taxiatosh tumani Elektr tarmoqlari korxonasi bosh injineri Sh.Matniyazov, “Toza hudud” DUK Taxiatosh tumani filiali rahbari N.Shishenbayev, “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratov, Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimlar tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi.

⚡️ Ochiq muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 9