35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
DEPUTAT TOMONIDAN “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan saylov okrugi hududida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining ijrosi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.Nazorat davomida deputat o‘zi saylangan hududdagi “Xurriyat” mahallasida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, “Tashabbusli budjet” loyihasining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan tashabbus doirasida barpo etilayotgan zamonaviy faollar zalining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.O‘rganish jarayonida qurilishning amaldagi holati,bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.Mas’ul mutasaddilar hamda pudratchi tashkilot vakillari bilan muloqot davomida qurilishning borishi, mavjud muammolar va ularni tezkor bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.Yakunida obyektdagi ishlarni belgilangan muddatlarda,sifat talablariga qat’iy rioya qilgan holda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur loyiha ijrosi va qurilish ishlarining sifati deputatlik jamoatchilik nazorati doirasida kelgusida ham kuzatib borilishi qayd etildi.  

Slide 1 of 4