35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔷 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umrbek Ruzmetovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari” ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalarning bajarilishi manzilli ravishda o‘rganilmoqda.
🔹 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-son qarori asosida Shovot tumanining “Oq oltin” mahallasidagi 25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini mukammal ta’mirlash uchun 7 milliard 700 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
🔹 O‘rganish davomida mazkur obyektda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi. Qurilish ishlari “Kamfort Suv Gaz Qurilish” tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, bugungi kunga qadar belgilangan ishlarning muayyan qismi sifatli bajarilgani kuzatildi.
🔷 Deputatlik nazorati doirasida qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 8