35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi

Yig‘ilishda kun tartibidagi uchinchi masala – “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shaharda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan mas’ul mutasaddi tomonidan deputatlarga quyidagi takliflar yuzasidan hisobot o‘qib eshittirildi:

“Abdulla Avloniy”, “Jayhun” va “Bo‘ston” mahallalari hududidagi ko‘p qavatli uylarning tashqi hamda ichki devorlarini bo‘yoqlash ishlari uchun 200 million so‘m mablag‘ ajratish;

“Kokildorota” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab Qirqqiz qal’asiga olib boruvchi 1,5 kilometr uzunlikdagi zamonaviy piyodalar yo‘lagi qurish, himoya panjaralari o‘rnatish hamda “Bog‘ishamol” mahallasi Farovon massivi hududida aholi uchun qulay infratuzilma yaratish ishlari uchun 400 million so‘m mablag‘ ajratish;

“Kokildorota” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab 1,5 kilometr uzunlikdagi zamonaviy piyodalar yo‘lagi va himoya panjaralari qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish uchun 100 million so‘m mablag‘ ajratish.

Shu tariqa, mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan jami 700 million so‘m mablag‘ ajratish taklifi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida ushbu mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan obodonlashtirish va infratuzilma loyihalari aholining turmush sifatini yaxshilash, hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosasi qabul qilindi.