35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Doimiy komissiya tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan muassasa faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi G.Xusanova, biriktirilgan tashkilot vakili – tuman hokimligi bosh mutaxassisi J.Mallayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Nurobod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “GOLD Marjonabegim” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida jamiyat tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritilishi yuzasidan tahlillar olib borildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan hududdagi tashkilot va muassasalar faoliyatini o‘rganish, qonunchilik ijrosi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini deputatlik nazorati tartibida monitoring qilish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1