35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar oldi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.To‘g‘ayeva tomonidan 22-Oltinsoy saylov okrugi hududida joylashgan Oltinsoy mahallasida faoliyat yuritayotgan, fuqaro Omonova Surayyo Ahmed qizi tomonidan tashkil etilgan oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash sharoitlari, ularga yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.

Shuningdek, bolalar va tarbiyachi bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, jumladan, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3