35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Bulung‘ur tumanidagi ayrim mahallalar chegaralariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

 Bulung‘ur tumanidagi ayrim mahallalar chegaralariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

📌Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida joylashgan “Bog‘bon” va “Beshqo‘ton” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududiy chegaralarini qayta belgilash masalasi muhokama qilinmoqda.

✅Mazkur tashabbus hududlarning amaldagi chegaralarini aniqlashtirish, mahallalar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda hududlarni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

🌀Ayni paytda ushbu masala yuzasidan tegishli taklif va xulosalar o‘rganilib, Samarqand viloyati hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasini Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️Mazkur qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan bo‘lib, fuqarolar va mutaxassislar tomonidan bildirilayotgan taklif hamda mulohazalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

✍️ Eslatib o‘tamiz, qaror loyihasi bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) tanishishingiz mumkin.

Slide 1 of 2