35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil I yarim yillik faoliyati raqamlarda
#Yarim_Yillik_Hisobot #2026_Natijalari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil I yarim yillik faoliyati raqamlarda

🏛 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan vakolatlar doirasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Hisobot davrida Kengashning 6 ta sessiyasi o'tkazilib, ularning barchasi onlayn tarzda yoritildi.

📝 Sessiyalar davomida:

🔺 77 marotaba tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari;
🔺 8 marotaba mas'ul tashkilotlarning axborotlari tinglandi;
🔺17 ta boshqa masala ko'rib chiqildi.

📝 Yakunda 106 ta Kengash qarori qabul qilindi. Shundan:

🔺17 ta qaror yopiq tartibda joylashtirilgan;
🔺 9 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror qabul qilingan;
🔺 8 ta qaror huquqiy ekspertizadan o'tkazilgan;
🔺 9 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan.

💡 Bundan tashqari, 4 ta hokim qarori tasdiqlandi.

📈 Hisobotlar kesimida:

🔺 hokim – 1 marotaba;
🔺 hokim o'rinbosarlari – 18 marotaba;
🔺 ichki ishlar organlari – 3 marotaba;
🔺 sog'liqni saqlash sohasi – 1 marotaba;
🔺 Yoshlar ishlari agentligi – 2 marotaba;
🔺 ekologiya sohasi – 2 marotaba;
🔺 boshqa tegishli tashkilotlar – 46 marotaba hisobot berdi.

📁 Axborotlar bo'yicha esa:

🔺 adliya organlari – 1 marotaba;
🔺 prokuratura – 2 marotaba;
🔺 Xalq qabulxonasi – 1 marotaba;
🔺 boshqa tashkilotlar – 4 marotaba axborot taqdim etdi.

📨 Hisobot davrida deputatlar tomonidan 78 ta deputatlik so'rovi yuborildi. Shundan 53 tasiga javob taqdim etildi, 25 tasi ko'rib chiqish jarayonida.

🤝 Deputatlar tomonidan 547 marotaba saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazilib, 417 ta muammo va masala aniqlanib, belgilangan tartibda hal etildi.

🔎 Shuningdek, deputatlar qabuliga 613 nafar fuqaro murojaat qildi. Ulardan 579 tasi ijobiy hal etildi, 14 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, 20 ta murojaat bo'yicha ishlar davom etmoqda.

📺 Ochiqlik va axborot siyosatini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda jami 580 marotaba chiqishlar amalga oshirildi. Jumladan:

🔺 7 marotaba mahalliy telekanallarda;
🔺 165 marotaba respublika telekanallarida;
🔺 3 marotaba respublika radiolarida;
🔺 34 marotaba bosma nashrlarda;
🔺 25 marotaba internet saytlari orqali;
🔺 330 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar tashkil etildi.

✅ Mazkur ko'rsatkichlar Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining joriy yil birinchi yarim yilligida deputatlik nazorati, fuqarolar bilan ishlash, ochiqlik va hisobdorlikni ta'minlash borasidagi faoliyati izchil davom etayotganini ko'rsatadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1