35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Ishlab chiqarish salohiyati va yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi

O‘rganish davomida korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoitlari hamda mahsulotlar sifati ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlanganidek, mazkur zavod nafaqat metall mahsulotlari, balki aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan turli ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi.

Korxona bugungi kunda 3 ming nafardan ortiq fuqaroni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlagani hududda bandlikni oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasida muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi. Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, korxona tomonidan xorijiy hamkorlar bilan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan hamkorlik ishlari muhokama qilindi. Ushbu loyihalar kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy sanoatning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Deputat tomonidan korxonaning istiqboldagi rivojlanish rejalari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yangi investitsiyalar – yangi ish o‘rinlari, kuchli sanoat va hudud taraqqiyotining muhim omilidir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 3