35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tashabbusi va faol ishtirokida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bilimli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yini yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida yakunlandi.

#24_ta_tavsiyaviy_savol #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tashabbusi va faol ishtirokida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bilimli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yini yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida yakunlandi.

📝 Musobaqada jami 24 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashib, 3 ta qiziqarli va mantiqiy tur davomida bilim, tafakkur, tezkor fikrlash hamda jamoaviy hamkorlik borasidagi salohiyatini namoyon etdi. Ishtirokchilar tarix, ekologiya, huquq, madaniyat, fan va zamonaviy hayotga oid savollar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

📚 Tadbir davomida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan jamoalar g‘olib va sovrindor deb topildi.

🤝 Tadbir doirasida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy yo‘nalish asosida yoshlar bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, sport va ta’lim infratuzilmasidan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

💬 Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar deputat tomonidan qayd etilib, ularni amaliyotga tatbiq etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.

📁 Ta’kidlanganidek, yoshlarni bilim olishga, kitobxonlikka, ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bunday intellektual loyihalar jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4