35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar yechimi – amaliy muloqot orqali

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar yechimi – amaliy muloqot orqali

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan o‘z saylov okrugidagi Tepaqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

📝 Qabul davomida mahalla aholisining murojaat, taklif va muammolari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Jumladan fuqaro S.E. tomonidan mahalladagi 38-uy orqa tomoni hududdagi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan tozalanmasligi yuzasidan e'tirozli murojaat kelib tushdi.

🕯 Ushbu murojaat yuzasidan deputat mahalla raisi hamrohligida joyiga chiqib o'rgandi hamda hududdagi boshqaruv servis kompaniyasi xodimlari tomonidan masala joyida bartaraf etilib, atrof obodonlashtirildi hamda daraxt shoxlariga ishlov berilib, ozoda holatga keltirildi.

📝 Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

📈 Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi mavjud muammolarni tizimli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

💼 Mazkur jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etishdi. Aholining murojaatlari doimiy e'tiborda bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5