35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Rejali statsionar shifoxonada o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi mobaynidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Qo‘qon shahar Rejali statsionar shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida shifoxonada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash bo‘limlarining faoliyati, tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, davlat tomonidan bepul ajratiladigan dori-darmon vositalarining mavjudligi, ularni saqlash va bemorlarga belgilangan tartibda yetkazib berish tizimi, shuningdek, statsionar sharoitida davolanayotgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, palatalarning holati, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, ovqatlanish sifati, tibbiyot xodimlarining fuqarolar bilan ishlash madaniyati hamda shifoxonaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oylik hisobotini ko‘rib chiqish jarayonida inobatga olinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4