35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida Alisher Navoiy mavzesi 105-uy, 21-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Musayeva Muhtasarxon yashash xonadonini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayeva nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Musayeva Muhtasarxonning yashash xonadonini ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ta’mirlash ishlarini qachon amalga oshirish mumkinligi haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2