35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #deputatlik_soʻrovi 📄Deputatlik so‘rovi — muammolar yechimida amaliy kuch: Yarim yillik faollik qariyb ikki barobarga oshdi!
Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqarolar murojaatlari va hududiy muammolar asosida mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari tahlil qilinganda, faollik keskin oshgani kuzatildi.

💬I yarim yillikning muhim ko‘rsatkichlari:

🟢140 ta — jami yuborilgan deputatlik so‘rovlari soni;

🟢114 tasiga — mutasaddi tashkilotlardan aniq choralar ko‘rilgan holda qonuniy va ijobiy javob xatlari olindi;

🟢2 barobarga — deputatlik so‘rovlarining yuborilishi va amaliy natijadorligi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobarga oshdi.

💬Saylovchilar ishonchini oqlash, ko‘chalar va mahallalardagi muammolarni hal etishda eng ko‘p deputatlik so‘rovi chiqarib, natijaga erishgan xalq vakillari:

🟢D.Normuradova (9-"Abdulla Avloniy" saylov okrugi) — 34 ta deputatlik so‘rovi;

🟢A.Ashurov (6-"Alpomish" saylov okrugi) — 20 ta deputatlik so‘rovi;

🟢X.Jurayev (12-"Saxovat" saylov okrugi) — 12 ta deputatlik so‘rovi.

💬Deputatlarimiz tomonidan yo‘llangan har bir so‘rov ortida yuzlab fuqarolarning dardi va hayotiy ehtiyojlari turibdi. Ushbu so‘rovlar natijasida shahrimiz mahallalarida:

🟢Ta’mirtalab ichki yo‘llar asfaltlandi va shag‘allashtirildi;
🟢Nosoz elektr ustunlari yangilanib, simlar tortildi;
🟢Ko‘p qavatli uylarning yer to‘la qismidagi suv quvurlari yangilandi;
🟢Maktablar va poliklinikalarning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi.

🫥Deputatlik nazorati hamda mutasaddi tashkilotlar oldiga qat’iy talablar qo‘yish orqali aholining roziligiga erishish yo‘lidagi tizimli ishlar izchil davom ettiriladi!