35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati

“Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi O‘RQ-706-son “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni transport sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, transport tizimini yanada rivojlantirish hamda yo‘lovchilar va yuk tashish xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.

Mazkur Qonunga muvofiq, transport sohasida harakat xavfsizligini ta’minlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik talablarga rioya etish va xizmatlar sifatini oshirish ustuvor vazifalar etib belgilangan.

Shuningdek, Qonunda transport xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashuvchilarning huquq hamda majburiyatlari, transport vositalaridan xavfsiz foydalanish, yo‘lovchi va yuk tashish jarayonida qonunchilik talablariga rioya etish masalalari mustahkamlangan.

Qonunning asosiy maqsadi zamonaviy, xavfsiz va barqaror transport tizimini rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini oshirish hamda sohada samarali davlat boshqaruvini ta’minlashdan iborat.

Qonun talablariga rioya etish transport sohasida xavfsizlikni ta’minlash, sifatli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, yo‘lovchilar va tashuvchilarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning muhim omili hisoblanadi.

Xalq deutatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shaxnoza Azamatovna

Slide 1 of 1