35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏛 DEPUTATLAR ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi U. Alimov ishtirokida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📋 Yig‘ilishda Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda 2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🌳 Shuningdek, tumanning barcha mahallalarida o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik va ijtimoiy ko‘mak tadbirlarining borishi muhokama qilindi.

🤝 Ta’kidlanganidek, mazkur oylik doirasidagi ishlarning sifatli va samarali amalga oshirilishida deputatlarning faol ishtiroki, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi hamda deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yishi muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Yig‘ilish yakunida deputatlarga mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini doimiy nazorat qilib borish, aholi bilan ochiq muloqot olib borish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Obod mahalla — farovon hayot va taraqqiyot poydevori!

Slide 1 of 4