35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Ijtimoiy soha obyektlarining ta’mirtalab holati tahlil qilindi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda

Ijtimoiy soha obyektlarining ta’mirtalab holati tahlil qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov tomonidan tumandagi ta’mirtalab ijtimoiy soha obyektlarining mavjud holati tahliliy ko‘rib chiqildi.

📇 Dastlabki manzil sifatida Bog‘iston mahallasi hududida joylashgan 244-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlandi.

🕯 Mazkur muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bino va hudud infratuzilmasining holati hamda ta’mirlashni talab etayotgan yo‘nalishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📊 Tahlil natijasida muassasaga kirish hududidagi asfalt qoplamalari yillar davomida foydalanish natijasida ta’mirtalab holga kelgani, bino tom qismi shifer qoplama bilan qoplanganligi, bolalar yozgi ayvonlarini yangilash zarurligi aniqlandi. Shuningdek, binoning ichki va tashqi fasadini ta’mirlash, isitish tizimini yangilash hamda kanalizatsiya quvurlarini almashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilandi.

📈 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, muassasada bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida zarur takliflarni shakllantirish hamda moliyalashtirish manbalarini belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

📝 Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ–666-IV-son “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida mazkur muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va belgilangan tartibda tashabbusli budjetning yangi mavsumiga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🧠 Mazkur tahliliy ko‘rib chiqish natijasida ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 8