35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#_munosabat

 Istiqbolli rahbar kadrlarni sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida saralash tizimining joriy etilishi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 100 ballik shaffof baholash mezonining qo‘llanilishi nomzodlarning bilim, salohiyat va boshqaruv ko‘nikmalarini xolis baholash imkonini beradi.
🌏Shuningdek, har bir nomzod uchun individual kasbiy rivojlanish rejasining ishlab chiqilishi rahbar kadrlarning malakasini muntazam oshirish va ularni zamon talablariga mos tayyorlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, bunday tizim tanish-bilishchilik emas, balki bilim, salohiyat va natijadorlikni ustuvor mezonga aylantiradi.
🌏Ishonchim komilki, mazkur islohot davlat organlarida professional, mas’uliyatli va tashabbuskor rahbarlar safini kengaytirib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish samaradorligini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shadi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karayeva