35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, deputat S.Azizov tomonidan saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari va aholini qiynayotgan masalalar ham o‘rganildi.

Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qarori bilan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish doirasida Marg‘ilon shahar Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘chasaroy ko‘chasida joylashgan umumiy foydalanishdagi 2 qavatli uyda mavjud umumiy hojatxonani ta’mirlash ishlari uchun 120,0 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Mazkur loyiha yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’mirlash ishlarining holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida belgilangan ishlar 2026-yil iyul oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar amaliy ishlar boshlanmagani aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish vazifalari belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratida saqlanib, ishlarning borishi yuzasidan monitoring olib borilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 5