35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
📊 2026 YILNING 6 OYLIK FAOLIYATI SARHISOBI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan 2026-yilning yanvar–iyun oylarida amalga oshirilgan faoliyat yakunlari tahlil qilindi.

Hisobot davrida 10 ta sessiya o‘tkazilib, ularda 46 ta masala ko‘rib chiqildi va 46 ta Kengash qarori qabul qilindi. Sessiyalarda hisobotlar, axborotlar, vakolat doirasidagi masalalar hamda nazorat-tahlil tadbirlari muhokama qilinib, amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida 85 ta deputat so‘rovi yuborildi. Ularning 82 tasiga to‘liq javob olinib, qolgan 3 tasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Hisobot davrida deputatlar tomonidan saylovchilar bilan 190 ta uchrashuv tashkil etilib, aniqlangan 171 ta muammoning 160 tasi ijobiy hal etildi. Fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushgan 72 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning asosiy qismi o‘z yechimini topdi.

Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda 915 dan ortiq material va axborotlar e'lon qilindi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1