35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonovga biriktirilgan tashkilot — Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-sonli “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash hamda hududlarda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining qonun ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan kompleks tahlillar olib boriladi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, yo‘l harakati xavfsizligini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilishi belgilanadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan doimiy komissiyalar faoliyati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonunlar ijrosini ta’minlash va fuqarolar uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5