35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan 2026-yilning yanvar–iyun oylarida amalga oshirilgan faoliyat yakunlari tahlil qilinib, asosiy ko‘rsatkichlar sarhisob qilindi.

Hisobotga ko‘ra, mazkur davr mobaynida deputatlar va Kengash tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlarni rivojlantirish, nazorat tadbirlarini amalga oshirish hamda ochiqlikni ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirildi.

Asosiy natijalar:
77 ta deputatlik so‘rovi yuborildi;
53 ta deputatlik so‘rovi ijrosi natijasida muammolar ijobiy hal etildi;
23 ta hisobot va 12 ta axborot Kengash majlislarida eshitildi;
8 ta sessiya o‘tkazilib, 50 ta qaror qabul qilindi;
Deputatlar tomonidan 124 ta fuqarolar qabuli va uchrashuvlari tashkil etildi;
Uchrashuvlar davomida 159 ta muammo aniqlanib, shundan 148 tasi ijobiy hal etildi.

Shuningdek, hisobot davrida Kengash faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 545 ta axborot materiali e’lon qilinib, shundan 421 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yetkazildi.

Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan muntazam o‘rganishlar olib borilib, 56 ta obyekt va loyiha monitoring qilindi hamda 24 ta muammo aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan parlament va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi