35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Davlat statistikasi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Mahalliy budjet va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash" doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Sh.Rasulova tomonidan Qo‘qon shahar Statistika bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi O‘RQ–441-II-sonli "Davlat statistikasi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan qonun talablarining amaliy ijrosi, davlat statistik kuzatuvlarini tashkil etish, statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va xolisligini ta’minlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslardan statistik hisobotlarni qabul qilish, ularni elektron shaklda taqdim etish tizimi, statistik ma’lumotlarni shakllantirish va tahlil qilish jarayonlari hamda ma’lumotlar bazasining aniqligi va shaffofligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Muhokama davomida tadbirkorlik subyektlari uchun statistik hisobotlarni topshirish jarayonini yanada soddalashtirish, fuqarolar va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3