35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan "G‘oziyog‘lik" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli Z.Rahimova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ–561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat Sh.Rasulova tomonidan qonunning mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy kafolatlar, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi hamda ishtirokchilarga huquqiy maslahatlar ko‘rsatildi.

Muloqot jarayonida xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularning huquqlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, huquqiy yordam olish mexanizmlari hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3