35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Doimiy komissiya qarori loyihasi tayyorlandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi azolari hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti xodimi M.Toshboltaboyevalar hamkorligda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ–4197-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari asosida doimiy komissiya qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan taqdim etilgan axborot, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar o‘z aksini topdi.

Shuningdek, hududdagi tashkilot va muassasalar rahbarlariga fuqarolar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda va sifatli ko‘rib chiqish, sayyor qabullar samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda murojaatlar tahlili asosida tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar kiritildi.

Tayyorlangan qaror loyihasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3