35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Saylovchilar bilan uchrashuv va mahalla faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi "G‘oziyog‘lik" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududdagi ijtimoiy muammolarni hal etish, obodonlashtirish ishlari hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi" hamkorligida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi hamda ayrim masalalarni deputatlik nazoratiga olishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2