35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Tuproqqal’a mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugi deputati Jamolbek Babajanov hamda kotibiyat mudiri Izzat Masharipov Tuproqqal’a mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida tuman Kengashi raisi Jamolbek Babajanov tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Alohida ta’kidlanganidek, bugungi kunda Tuproqqal’a mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari mahallaning ko‘plab infratuzilmaviy muammolariga yechim bo‘lmoqda. Shuningdek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining tegishli qarori asosida mahalladagi eskirgan elektr tarmoqlarini zamonaviy SIP kabellarga almashtirish uchun mablag‘ ajratilgani qayd etildi. Mazkur loyiha elektr ta’minoti sifatini yaxshilash, elektr uzilishlarini kamaytirish hamda aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan va mahalliy darajada hal etilishi imkoniyati cheklangan masalalar yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari kiritilishi belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, hududlardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5