35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
2-Chilonzor saylov okrugi deputati A. Miryunusov tomonidan Chilonzor mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holatini o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2-Chilonzor saylov okrugi deputati Miryunusov Alisher Xabibullayevich Chilonzor mahallasida ichki ko‘cha yo‘llarining holatini o‘rganish maqsadida hududga chiqdi.

O‘rganish jarayonida deputat tashabbusi bilan mablag‘ ajratilib, asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgan hudud batafsil ko‘zdan kechirildi. Natijada mazkur hududda belgilangan ta’mirlash ishlari yakunlangani, ichki ko‘cha yo‘llari to‘liq asfaltlashtirilgani hamda aholi foydalanishi uchun qulay sharoit yaratilgani aniqlandi.

Shuningdek, hududdagi yo‘l infratuzilmasining bugungi holati, bajarilgan ishlarning amaldagi loyiha va belgilangan vazifalarga muvofiqligi o‘rganildi. Mahalla faollari va mas’ullar bilan muloqot davomida hududni yanada obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani saqlash hamda ichki ko‘chalarning foydalanish holatini doimiy nazorat qilib borish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aholi uchun munosib va xavfsiz infratuzilmani yaratish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6