35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#o'rganish #nazorat tadbiri

Olmaliq shahar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida ishchi guruh tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
👥Ishchi guruh tarkibi:
Deputatlar Muhiddin Abdullayev, Zuhra Po‘latova, Mardona Ergashova, Lenura Baydullayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov.
Ishchi guruh mahalla yettiligi faoliyatini tahlil qildi. Biroq, mahalla yettiligi tarkibiga kiruvchi profilaktika inspektori va soliq inspektori jarayonda ishtirok etmaganligi sababli, ularning yo‘nalishidagi ishlarni o‘rganish imkoni bo‘lmadi.

O‘rganish davomida eng asosiy kamchilik sifatida og‘zaki va yozma murojaatlarni qayd qilish daftarining yuritilmaganligi aniqlandi.
“Murojaatlar daftarining yo‘qligi — yo mahalla hududida muammolar umuman mavjud emasligini, yoki fuqarolar murojaatlariga nisbatan e’tiborsizlik qilinayotganini anglatadi”, — deya ta’kidladi deputatlar. Ushbu holat ishchi guruh tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi.

Ko‘rilgan choralar:
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mahalla mas’ullariga 3 kunlik muddat berildi;
✅Tegishli ma’lumotlarni Kengash kotibiyatiga taqdim etish topshirildi;
✅O‘rganish natijalari shahar Kengashining doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritildi.

✅Mahalla — xalq bilan davlat o‘rtasidagi ko‘prik. Undagi har bir murojaat e’tiborda bo‘lishi shart!

Slide 1 of 10