Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

Deputatlik nazorati: Bandixon tumanida yirik sug‘orish loyihasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori bilan belgilangan tartib asosida hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom etmoqda.

Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-454 hamda PQ-393-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Bandixon tumanining “Limonzor” mahallasida amalga oshirilayotgan yirik sug‘orish infratuzilmasi loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.

Nazorat tadbirida 17-Limonzor saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Shaydilov Safar Normurodovich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Qurbonov ishtirok etdi.

Loyihaga ko‘ra, Sherobod mashina magistral kanalidan bir ko‘tarmali 2 ta nasos va 2,3 km uzunlikdagi D-1200 mm bosimli quvur orqali:

6,8 km uzunlikdagi, 1,5 m³/sekund sig‘imli yangi kanal;

5 km uzunlikdagi, 0,3 m³/sekund sig‘imli ichki sug‘orish tarmoqlari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida loyiha ijrosi, qurilish ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha asosida olib borilayotgani, shu bilan birga ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha loyihalash ishlari ham amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Mazkur strategik ahamiyatga ega loyiha ijrosi doimiy deputatlik nazoratiga olindi va uning sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5