Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#o'rganish #reja #nazorat

Olmaliq shahar "Olmaliqovul" mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Nargiza Atakulova hamda Kotibiyatdan biriktirilgan bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva tomonidan mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o'rganildi.

📊Mahalladagi ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yolg‘iz keksalar hamda vasiylikka olingan bolalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar, ularning asoslantirilgan hujjatlari deputat tomonidan batafsil ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv davomida deputat tashabbusi bilan hal etilgan masalalar aholi tomonidan alohida e’tirof etildi. Xususan, o‘tgan yili yolg‘iz ona, 37 yoshli nogironligi bo‘lgan farzandi bor fuqaroning murojaati ijobiy yechim topgan edi. Deputatning "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga qilgan deputatlik murojaati natijasida fuqaro zamonaviy nogironlik aravachasi bilan ta’minlangan.

🤝Bugungi muloqotda fuqarolarning deputatga bo‘lgan yuksak ishonchi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Mana shu ishonchni oqlash maqsadida 2026-yilda ham ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida yangi, xayrli tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida deputat va mas'ul xodimi bilan kelgusi ishlarni rejalashtirib oldi.

✅"Bizning maqsadimiz — qog‘ozdagi hisobotlar emas, balki har bir insonning hayotida ijobiy o‘zgarish yasashdir."

Slide 1 of 4