Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining III-22-66-14-204-K/26-son qaroriga muvofiq iyul–avgust oylarida "Tez yoz" chempionati tashkil etiladi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining III-22-66-14-204-K/26-son qaroriga muvofiq, Chilonzor tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan qator amaliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida iyul–avgust oylarida "Tez yoz" chempionati tashkil etiladi.

Chempionatning asosiy maqsadi ishtirokchilarning o‘zbek va ingliz tillarida kompyuter klaviaturasida tez, aniq va bexato yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish, raqamli savodxonlik darajasini oshirish hamda iqtidorli va faol yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Musobaqa davomida ishtirokchilar maxsus topshiriqlar asosida matnlarni belgilangan vaqt ichida maksimal tezlik va aniqlik bilan terish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.

"Tez yoz" chempionati yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallash va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1