Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova tashabbusi bilan “Alisherobod” mahallasida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Bayram tadbirida taniqli san’at namoyandalari ishtirok etib, o‘zlarining sermazmun chiqishlari va yorqin ijodiy dasturlari orqali mahalla ahliga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir mahalla aholisining birdamligi va Vatanga sadoqatini namoyon etish, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida yagona maqsad sari birlashish g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 5