Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#sessiya_oldi_masala #ekspert_guruhi #doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi
#sessiya_oldi_masala
#ekspert_guruhi
#doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi


Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sessiya kun tartibiga kiritilgan Kogon shahrida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, doimiy komissiya a’zolari O. Jo‘rayeva va I. Jalilova, ekspert guruhi a’zosi H. Amonov hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi Z. Temirova ishtirok etdi.

O‘rganish davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligini ta’minlash, Kogon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularni sodir etishga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun tayyorlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 9