Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN VA SIYOSIY PARTIYA BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI👇👇👇

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining asosiy vazifalaridan biri - o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.

❗️Deputat saylovchilar ishonchini oqlash, hududni rivojlantirishga oid masalalarni ilgari surish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga mas'ul hisoblanadi.

❗️Deputat belgilangan tartibda fuqarolar qabullarini tashkil etadi, saylovchilardan kelib tushgan og‘zaki va yozma murojaatlarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqadi. Zarur hollarda vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari hamda tavsiyalarini kiritadi, murojaatlarning ijrosini deputatlik nazoratiga oladi va erishilgan natijalar haqida murojaat mualliflariga axborot beradi.

❗️Deputat saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, ularni qabul qilinayotgan qonunlar, davlat dasturlari, mahalliy Kengash qarorlari hamda hududda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor qilib boradi. Shuningdek, yiliga kamida to‘rt marotaba o‘z deputatlik faoliyati, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan saylovchilar oldida hisobot beradi.

❗️Deputat o‘zi ko‘rsatilgan siyosiy partiya bilan hamkorlikda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashadi, saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash yuzasidan faoliyat olib boradi.

Bizni kuzatishda davom eting!