35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki

            Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Yo.Tojiboyeva va M.Salibayevalar tuman “Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limida bo‘lib, faol nuroniylar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida tuman “Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi boshlig‘i va tuman Kengashi deputati
A.Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarori ijrosi yuzasidan
tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida o‘tkazilgan suhbat va o‘rganishlardan kelib chiqib, muhim kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, Prezident qarorining tumandagi ijrosi, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning ishtiroki hamda olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotini Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish va deputatlar oldida eshitilishini tashkil etish belgilab olindi. 

   

Slide 1 of 6