35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 2026-yil ish rejasiga muvofiq navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi hamda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti oldidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan “Quyosh” mahallasida olib borildi.O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “Mahalla yettiligi” hamkorligida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hamda profilaktika inspektori S.Odilovning xizmat faoliyati o‘rganildi.Muhokamalar jarayonida “Quyosh” mahallasida joriy yilning o‘tgan davrida birorta ham og`ir turdagi jinoyat sodir etilmagani,ushbu natija tizimli profilaktika ishlari, fuqarolar bilan manzilli ishlash va jamoatchilik hamkorligi samarasi ekani alohida ta’kidlandi.Shuningdek, hududda “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jami 14 ta videokuzatuv kamerasi, jumladan 3 ta 360 daraja aylanuvchi kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani ma’lum qilindi.Profilaktika inspektori S.Odilov tomonidan yoshlar bilan profilaktik uchrashuvlar, aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda alohida nazoratdagi fuqarolar bilan individual ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.Yakunida deputat tomonidan tungi vaqtda xavfsizlikni
yanada kuchaytirish maqsadida ayrim hududlarga qo‘shimcha yoritish moslamalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar bildirildi.Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi va sessiyada tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisobotini xolis hamda atroflicha ko‘rib chiqishda, shuningdek hududlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 4