35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI

⚡️ Tuproqqal’a mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi ko‘tarildi
👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Jamolbek Babajanov tomonidan saylovchilar murojaatlari hamda hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida Tuproqqal’a mahallasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
🔌 O‘rganish davomida:
⚠️ elektr uzatish tarmoqlari va havo elektr simlari eskirgani;
📉 elektr kuchlanishining pasayishi;
🚫 elektr energiyasi uzilishlari tez-tez kuzatilayotgani;
🏠 aholi xonadonlari, ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani;
🔧 maishiy elektr jihozlarining nosozlanish holatlari aniqlandi.
🏗 Mahallada aholi soni va elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotganini inobatga olib, mavjud elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda eskirgan havo elektr simlarini zamonaviy, xavfsiz va energiya yo‘qotishlarini kamaytiruvchi SIP kabellari bilan almashtirish taklif etildi.
📨 Mazkur masala yuzasidan Shovot tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborilib, muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda yozma javob taqdim etish so‘raldi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram