35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi va kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi va kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda kotibiyat xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, kadrlar siyosatini samarali tashkil etish, mehnat munosabatlarini qonunchilik asosida yuritish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📝 O‘rganish davomida kotibiyatda kadrlar hujjatlarini yuritish, xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini shakllantirish, mehnat shartnomalari va buyruqlarni qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, lavozim yo‘riqnomalarini yuritish, vakant lavozimlar bilan ishlash hamda davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish ishlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini monitoring qilish hamda ijro intizomiga rioya etilishi holati ham ko‘rib chiqildi.

💡 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, sessiyalar va doimiy komissiyalarni qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash va o‘tkazish, kun tartibini shakllantirish, qaror loyihalarini sifatli ishlab chiqish va rasmiylashtirish, davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish, xizmat intizomi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔎 Xususan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 O‘rganish jarayonida “E-Kengash” axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, sessiya materiallarining sifatli tayyorlanishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish, kadrlar hujjatlarini raqamlashtirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🤝 Yakunda Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda qonunchilik talablariga muvofiq samarali boshqaruv tizimini shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3