35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kattaqo‘rg‘on tumanida “Yoshlar festivali” bo‘lib o‘tdi

#kotibiyat_mudiri

Kattaqo‘rg‘on tumanida “Yoshlar festivali” bo‘lib o‘tdi

☯️Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va salohiyatini namoyon etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Yoshlar festivali” tadbiri tashkil etildi.

☯️Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev, deputatlar va hokim o‘rinbasari F.Omonov hamda mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirok etib, festival doirasida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy, sport va ko‘rgazmali tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

☯️Festival davomida yoshlarning ijodiy ishlari, sport musobaqalari, innovatsion loyihalari hamda turli yo‘nalishlardagi chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

☯️Bunday tadbirlar yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni Vatanga sadoqat, tashabbuskorlik hamda faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube