35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 8-A.Navoiy saylov okrugi deputati tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hamda saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Plyaj hududidan Paxtakor mahallasiga burilish qismidagi avtomobil yo‘lida piyodalar yo‘lagi mavjud emasligi qayd etildi. Natijada aholi ayniqsa bolalar, nuroniylar va boshqa piyodalar avtomobil qatnov qismidan harakatlanishga majbur bo‘layotgani, bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani hamda fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar va e’tirozlarga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Deputatlik so‘rovida mazkur hududni joyiga chiqib o‘rganish, piyodalar yo‘lagini (trotuar) barpo etish zarur yo‘l belgilari va yo‘l harakati xavfsizligi vositalarini o‘rnatish orqali fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 1