35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mahalla hududidagi mavjud masalalar tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni qonuniy tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

Ushbu ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Kulolqo‘rg‘on mahallasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4