35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida qurilish jarayonining borishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan loyiha asosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan
kechirildi. Shuningdek, obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, qurilish-montaj ishlarini sifatli tashkil etish va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etilganidek, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi mahalla binosi aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mahalla tizimi faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tashrif yakunida mas’ullarga qurilish ishlarini
belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
 

Slide 1 of 4