35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Tuproqqal'a tumani, munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik, o‘zaro ishonch va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslanganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiya, turizm, madaniyat va gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif O‘zbekistonning Janubiy Kavkaz davlatlari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash, xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Bunday yuqori darajadagi muloqotlar nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi, balki mintaqada barqarorlik, o‘zaro ishonch va farovonlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi - kotibyat mudiri X.R.Sultonov