35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI BO‘YICHA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov Andijon shahridagi "Mustaqillikning 21 yilligi" MFYda bo‘lib, mahalladagi ishlar bilan tanishdi.

Muloqot davomida mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla yettiligi faoliyati hamda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati

Slide 1 of 2