35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi

«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi N. Abrarov "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limida Keksalar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan muhim yig‘ilishda qatnashdi.

Yig‘ilish davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan "Mahalla ustozi" tizimini tumanimizning barcha mahallalarida samarali joriy etish masalalari muhokama qilindi. Kengash raisi tizimni amaliyotga sifatli tatbiq etish, tajribali nuroniylarning hayotiy tajribasidan unumli foydalanish va yoshlarni vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida ko‘rsatmalar berdi.

Ta’kidlanganidek, 9-iyuldan boshlab barcha mahallalarda "Mahalla ustozi" tizimi yangi yo‘riqnoma asosida to‘liq faoliyat boshlaydi. Mazkur tizim orqali tajribali nuroniylar yoshlar bilan yaqindan ishlaydi, ularga hayotiy tajribasi, bilim va maslahatlari bilan ko‘maklashib, mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4