Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27- sessiyasida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘yicha munosabatim:

"Fuqarolarning tinch va xavfsiz hayotini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Sessiyada taqdim etilgan hisobotda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa kiberjinoyatlarning oldini olish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Eng muhimi, har bir mahallada osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ishonchli himoya qilish barcha mutasaddi idoralarning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi. Biz deputatlar sifatida qabul qilingan qarorlarning ijrosi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz. Chunki xavfsiz mahalla va qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyoti hamda xalq farovonligining eng muhim kafolatidir."
deya deputat Dushamov Elyor
Shuxrat o‘g‘li o‘z munosabatini bildirdi.