Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
OBODONLASHTIRISH TADBIRLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🌿 OBODONLASHTIRISH TADBIRLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

✨O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda hududlarda obodonlashtirish va ekologik muhitni yanada yaxshilash maqsadida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi, 17-Chimyon saylov okrugi deputati B.Ahmadjonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Eminjonov tomonidan saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔖 O‘rganish davomida hududdagi zovur va ariqlarni loyqadan tozalash, suv oqimini erkin ta’minlash hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan tadbirlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi va ularning samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.
➕ Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tozalash ishlarini jadallashtirish hamda hududlarni doimiy ravishda ozoda saqlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berildi.
💡 Ta’kidlanganidek, zovur va ariqlarni o‘z vaqtida tozalash suvning erkin oqimini ta’minlash, suv toshqinlari va botqoqlanishning oldini olish, sanitariya-ekologik holatni yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay va obod yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🛡 Hududlarni obodonlashtirish va ekologik muhitni asrash borasidagi bunday tadbirlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3